MG Uzbekistan va Turonbank ATB hamkorlikni e’lon qildi!

“MG Uzbekistan” ATB “Turonbank” bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi, bu esa qulay shartlarda MG avtomobillarini sotib olishni istagan mijozlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Kelishuvga ko‘ra, “Turonbank” ATB O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab MG avtokreditlari, jumladan, mashhur ZS krossoverini ajratish bo‘yicha maxsus shartlarni taqdim etadi.

“Ushbu hamkorlik MG avtomobillarini O‘zbekiston aholisi uchun yanada qulayroq qilishga qaratilgan. Ishonchimiz komilki, “Turonbank” bilan qo‘shma dasturlar brendga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi va orzudagi avtomobilni sotib olish yo‘lini osonlashtiradi,” - dedi “MG Uzbekistan” savdo bo‘limi boshlig‘i Kirill Polyanskiy.

Hamkorlik doirasida pasaytirilgan stavkalar va bir kun ichida avtokredit olish imkoniyati bilan imtiyozli kredit taklifi amal qilmoqda. Bundan tashqari, mamlakat hududlarida qo‘shma aksiyalar, test-drayvlar va tadbirlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Ushbu hamkorlik MGning bozordagi mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.